Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an BMTdagi nutqida Qorabog‘ni Ozarboyjon hududi deb atadi
Turkiya rahbari Qorabog‘ni «hamma, jumladan armanlar ham birga yashashi mumkin bo‘lgan Ozarboyjon hududida» bo‘lishi kerakligini taklif qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi mojaro tezda tinch yo‘l bilan yechim topishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjon hududi deb bilishini eslatib o‘tdi.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjon hududi deb tan olmaydigan variantlar mojaroga yechim bo‘la olmaydi.
«Qorabog‘ — Ozarboyjon hududi. Unga boshqa maqom o‘rnatishga urinishlar hech qachon muvaffaqiyatli bo‘lmaydi», dedi u.
Turkiya rahbari Qorabog‘ning kelajagi haqidagi tasavvurlari haqida gapirar ekan, bu hudud «hamma, jumladan armanlar ham birga yashashi mumkin bo‘lgan Ozarboyjon hududida» bo‘lishi kerakligini taklif qildi.
Turkiya prezidenti Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokara jarayonini doimo qo‘llab-quvvatlaganini eslatdi. «Afsuski, Armaniston bu tarixiy imkoniyatdan foydalanishga shoshilmayapti», dedi Erdo‘g‘an.
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi seshanba kuni «Ozarboyjon konstitutsiyaviy tuzumini tiklash va arman harbiylarining provokatsiyalarini bostirish maqsadida Qorabog‘da mahalliy ahamiyatga ega aksilterror tadbirlari o‘tkazilayotganini» e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududi Ozarboyjon tomonidan o‘qqa tutilayotgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025