Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston KS prezidentga impichment e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi
Sud prezidentning Yevropa Ittifoqiga hukumat ruxsatisiz safar qilib, Konstitutsiyani buzgan yoki buzmaganini aniqlashi kerak.
Gurjiston Konstitutsiyaviy sudi hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi tashabbusi bilan prezident Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga kirishdi, deb xabar berildi sud saytida.
Taklif 12 sentabrda 80 deputat tomonidan kiritilgan, u bir oy ichida uni muhokama qiladigan plenumga taqdim etilgan, so‘ng parlamentga xulosa yuboriladi.
Sud prezidentning Yevropa Ittifoqiga hukumat ruxsatisiz safar qilib, Konstitutsiyani buzgan yoki buzmaganini aniqlashi kerak.
Impichment jarayoni boshlanishiga Zurabishvilining vazirlar mahkamasi ruxsatisiz xorijga safari sabab bo‘lgan. Mamlakat Konstitutsiyasining 52-moddasiga binoan, prezident tashqi munosabatlarda vakillik vakolatlarini amalga oshiradi, vazirlar mahkamasi roziligi bilan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi. Gurjiston bosh vaziri Irakliy Garibashvili davlat rahbari asosiy qonunni «qo‘pol ravishda buzgan»ini aytdi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
11:39 / 18.04.2025