Xitoyda ulkan NUJ shaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki ochildi
15 tematik zonaga bo‘lingan parkda 300 ga yaqin dengiz hayvonlari, shuningdek, 100 turdagi tirik marjonlar yashaydi.
Xitoyning Chjuxay shahrida ulkan noma’lum uchar jism (NUJ) shaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki Chimelong Spaceship ochildi. Okeanariumda 100 mingdan ortiq dengiz hayvonlari yashaydi.
Chimelong dengiz parkining umumiy uzunligi 650 m, maydoni esa taxminan 40 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Okeanarium kuniga 50 mingdan ortiq tomoshabinni qabul qilishi mumkin. Unda dunyodagi eng katta akvarium displeyi va dunyodagi eng katta jonli marjon akvariumi, shuningdek, eng katta dengiz muzeyi joylashgan. Umuman olganda, 15 tematik zonaga bo‘lingan parkda 300 ga yaqin dengiz hayvonlari, shuningdek, 100 turdagi tirik marjonlar yashaydi.
Bog‘da shuningdek, diqqatga sazovor joylar mavjud. Masalan, Osiyoning suv resurslari va ekotizimlariga bag‘ishlangan «Galaktika qo‘riqchilari» filmi bilan o‘xshashliklarga ega «Kosmos dunyosi», shuningdek, «Bermud sarguzashtlari» simulyatori, unda tomoshabinlar bo‘ron markaziga tushib qoladilar.
Chimelong dizayni 10 yil davomida tayyorlandi va 5 yil davomida qurildi. Bino qurilishi Xitoydagi boshqa yirik istirohat bog‘lariga egalik qiluvchi Chimelong Group kompaniyasiga 1,1 milliard dollarga tushdi.
Chimelong Spaceship ilmiy parki Chjuxayda qurilayotgan ulkan ko‘ngilochar bog‘ning bir qismi bo‘ladi. To‘qqiz yil oldin bu yerda «Okean qirolligi» mavzusidagi akvapark ochilgan edi. Yana ikkita yirik obekt, jumladan, safari bog‘ini qurish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:52 / 24.11.2024
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
16:48 / 24.11.2024
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
02:02 / 24.11.2024
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024