Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va JST rahbari O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi masalasini muhokama qildi
Davlat rahbari mamlakat o‘z oldiga o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish bo‘yicha qo‘ygan maqsadlardan kelib chiqqan holda tashkilotga qo‘shilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Davlat rahbari mamlakat o‘z oldiga o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish bo‘yicha qo‘ygan maqsadlardan kelib chiqqan holda tashkilotga qo‘shilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishini tayyorlash, shuningdek, jarayonda ishtirok etayotgan mutaxassislar salohiyatini kuchaytirish va malakasini oshirish masalalariga to‘xtaldi.
JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.
Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlikni jadallashtirish, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda qonunchiligimizni JST bitim va qoidalariga uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025