O‘zbekiston | 22:16 / 21.09.2023
6851
1 daqiqa o‘qiladi

22 sentabr kuni O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi 

Unda shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferani kamroq ifloslantiradigan transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

Vazirlar Mahkamasining «Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 22 sentabr kuni O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi. 

Tadbirdan asosiy maqsad avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosfera ifloslanishini kamaytirishga hissa qo‘shish, qolaversa, piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdan iborat. 

«Avtomobilsiz kun»da shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferani kamroq ifloslantiradigan transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid