Bayrutdagi AQSh elchixonasi o‘qqa tutildi
Hujum qilganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.
AQShning Bayrutdagi elchixonasi binosi hozircha shaxsi aniqlanmagan bir guruh kishilar tomonidan o‘qqa tutildi.
Livan matbuotining xabar berishicha, poytaxt shimolida joylashgan Bayrutdagi AQSh elchixonasi binosiga qurolli hujum uyushtirilgan.
Otishma natijasida bir nechta o‘q binoning asosiy darvozasiga va uning oldidagi avtoturargohda turgan mashinalarga tekkan.
Hujumda qanday qurol ishlatilgani, qurbonlar yoki yaradorlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Elchixona hozircha hujum yuzasidan bayonot bilan chiqmadi.
E’tiborlisi, bu voqea 1984 yil 20 sentabrda AQSh elchixonasiga bomba o‘rnatilgan avtomobil hujumining 39 yilligiga to‘g‘ri kelgan.
O‘shanda terrorchilar Bayrut xalqaro aeroporti yonidagi Xaldada dengiz piyoda askarlarining shtabiga hujum qilgandi.
Portlovchi moddalar ortilgan yuk mashinasi to‘siqni buzib, harbiylar kazarmasi tomon yo‘l olgan. Natijada 241 piyoda askar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024