Britaniyalik ayol eski mopedda O‘zbekiston sari yo‘lga chiqdi
U 1986 yilda ishlab chiqarilgan mopedda butun Yevropani kesib o‘tib, Dog‘istonga yetib bordi. Uning maqsadi O‘zbekiston ekani aytilmoqda.
Uelslik (Buyuk Britaniya) sayyoh ayol 1986 yilda ishlab chiqarilgan mopedda butun Yevropa bo‘ylab kezib, Rossiyaning Dog‘iston hududiga yetib bordi.
U Maxachqal’a shahrida velosiped va mototsikl ehtiyot qismlari do‘koniga kirgan. Mahalliy aholidan birining ta’kidlashicha, moped uzoq safardan keyin «ayanchli holatda» bo‘lgan.
«Til bilan bog‘liq muammo uni bunday aqlbovar qilmas sayohatga nima undaganini bilishimga xalaqit berdi. Men tushundimki, ayol mutaxassislardan mehmondo‘stlik va noyob mopedini ta’mirlagani uchun minnatdor», dedi post muallifi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sayyoh ayol Dog‘iston do‘konida nosozliklarni bartaraf etishga yordam berishgani, shuningdek, 1986 yilda ishlab chiqarilgan moped uchun ehtiyot qismlar topilganidan hayratda qolgan. Britaniyalik ayol sayohatining yakuniy manzili O‘zbekiston ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 08.10.2024
2024 yilda xorijga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
01:19 / 05.10.2024
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
21:40 / 03.10.2024
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
20:36 / 03.10.2024