Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu bosh vazir etib qayta tayinlanganidan beri birinchi marta Bayden bilan uchrashdi
Isroil bosh vaziri AQShga Eron yadro quroli masalasidagi pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumat rahbari etib qayta tayinlanganidan beri ilk bor AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi.
Isroil va AQSh rahbarlarining uchrashuvi Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Netanyahuning aytishicha, Isroil va Saudiya Arabistoni AQSh vositachilik sa’y-harakatlari tufayli munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha «tarixiy» kelishuvga erishgan.
Isroil bosh vaziri, shuningdek, AQShga Eron yadro quroli masalasidagi pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, u Isroilning «demokratik tamoyillarga qat’iy sodiqligini» e’lon qildi.
Bayden, o‘z navbatida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asosi demokratik tamoyillarga sodiqlik ekanini ta’kidladi.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu bilan navbatdagi uchrashuv yaqin orada Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025