Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyora iqlimini saqlab qolish 275 trillion dollarga baholandi
Investorlar guruhi hozirda atigi 11 trillion dollarlik aktivlarga ega, bu ekologik maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan 25 baravar kam.
Bir guruh institutsional investorlar yetakchi davlatlarni iqlimni saqlab qolish va 2050 yilgacha yashil energiyaga o‘tishga erishish uchun jami 275 trillion dollar sarmoya jalb qilishga chaqirdi.
Investorlar guruhi hozirda atigi 11 trillion dollarlik aktivlarga ega, bu ekologik maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan 25 baravar kam.
Qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni bartaraf etish va kam uglerodli kelajakka o‘tish uchun katta investitsiyalar kerak. Mutaxassislarning ishonchi komilki, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish uchun milliy hukumatlar qat’iy va aniq pozitsiya ishlab chiqishi kerak, deb yozdi Bloomberg.
Xalqaro iqlimshunoslar guruhi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 77 yildan keyin global isish tufayli abadiy muzliklar ulushi 93 foizga qisqarishi mumkin. Bunday ssenariyni amalga oshishi odamlar hayoti va infratuzilmalarga jiddiy xavf soladi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
22:45 / 03.05.2025
Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi
16:43 / 20.04.2025