O‘zbekiston | 08:02 / 22.09.2023
19597
2 daqiqa o‘qiladi

Chustda 71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan

Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q. 

Foto: Kun.uz

Namangan viloyatining Chust tumanida 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chust tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 23-sonli DMTTning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.

Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan. 

Shunga ko‘ra, 23-MTTdan 35 nafar, 51-MTTdan 20 nafar, 18-MTTdan 5 nafar, 36-MTTdan 3 nafar, 7- o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-MTTdan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-MTTdan 2 nafar, 35-MTTdan 1 nafar 34-MTTdan 1 nafar, oilaviy MTTdan 1 nafar, jami - 71 nafar bolaning  sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar, xususan, tez tibbiy yordam tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, yashash uyiga qaytarilgan.

Qolgan bolalarning ham ahvoli mo‘’tadil, ular shifokorlar nazoratiga olingan.

Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q. 

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarning holati qoniqarli ekani, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgani haqida xabar qilgandi.

Mavzuga oid