Jahon | 10:07 / 22.09.2023
6641
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda, o‘nlab namoyishchilar ushlangan

Keng xavfsizlik choralari ko‘rilgan Respublika maydonida namoyishlar davom etmoqda.

Foto: AP

Armaniston poytaxti Yerevanda Ozarboyjonning Qorabog‘dagi aksilterror operatsiyasidan keyin hukumatga qarshi namoyishlar davom etyapti.

Arman matbuotining xabar berishicha, kecha kechki payt hukumat binosi joylashgan Respublika maydonida namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar kuzatilgan.

To‘qnashuvlar chog‘ida xavfsizlik kuchlari maxsus ovozli bombalardan foydalangan.

Yerevanning markaziy ko‘chalarida harakatni to‘xtatishga uringan namoyishchilar qo‘lga olindi.

Respublika maydonida namoyishlar davom etmoqda

Kamida 28 kishi «fuqarolik itoatsizligi bo‘yicha ommaviy aksiyalarni uyushtirganlik, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqirganlik va o‘qotar qurollar olib yurganlik»da ayblanib qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «Armenpress» mamlakat rasmiy axborot agentligi. 

Xavfsizlik kuchlari keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko‘rgan Respublika maydonida namoyishlar davom etmoqda. 

Mavzuga oid