O‘zbekiston | 18:06 / 23.09.2023
9697
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda keng ko‘lamli avtoko‘rgazma

25-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Automotive Industry Tashkent 2023 avtomobillar ko‘rgazmasida avtosanoat sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalar namoyish etiladi.

Foto: Automotive Industry Tashkent 2023

Ko‘rgazmada siz O‘zbekiston, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston, Shveytsariya va boshqa mamlakatlar ishtirokchilarining stendlari bilan tanishishingiz mumkin.

Tashkilotchilar ko‘rgazmaga puxta tayyorgarlik ko‘rdilar, butun respublikadan yirik kompaniyalar hamda ishlab chiqaruvchilar taklif etilgan.

Ko‘rgazmada 60 dan ortiq turdagi avtomobillar taqdim etiladi va ularni shu yerning o‘zida xarid qilish imkoniyati mavjud.

Avtoko‘rgazmada tashrif buyuruvchilar avtosanoatdagi taniqli biznesmenlar hamda blogerlar bilan uchrashadilar.

Ko‘rgazma doirasida shuningdek, panel munozaralar, qiziqarli tanlovlar va shou-dastur ham rejalashtirilgan.

Tadbir 3 kun davomida 20 000 dan ziyod tashrif buyuruvchilar kutilmoqda.

Tadbirda ro‘yxatdan o‘tish uchun siz o‘zingiz uchun qulay usulni tanlashingiz mumkin:

Sayt: autoexpo.uz

Telegram boti: @Aite_uzbot

Raqamga qo‘ng‘iroq qilish: 55 515 01 01

Automotive Industry Tashkent 2023 bilan birgalikda avtosanoat olamiga sho‘ng‘ing!

Reklama huquqi asosida