O‘zbekiston | 23:10 / 23.09.2023
9911
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tizimdagi avariyalar tufayli ichimlik suvining 25 foizi yo‘qotilmoqda - O‘zsuvta’minot

Ichimlik suvi bilan bog‘liq asosiy muammo tizimning ta’mirtalab holatga kelib qolganida ekani aytilmoqda.

Foto: Getty images

O‘zbekistonda ta’mirtalab tizimlarda vujudga kelayotgan avariyalar oqibatida ichimlik suvining 25,7 foizi yo‘qotilmoqda. Bu haqida «O‘zsuvta’minot» AJ ma’lumot berdi.

«O‘zbekistonda ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berilishidagi asosiy muammo bu 10942 ta suv inshootining 2318 tasi ya’ni 21,2 foizi, 89 ming km uzunlikdagi markaziy va ichki tarmoqlarning 23,6 ming km yoki 26,5 foizi ta’mirtalab holatga kelib qolganida», deyiladi xabarda.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatiga 2023 yil yakunigacha 12 ming kilometr tarmoq hamda 1300 ta suv inshootini qurish va ta’mirlash vazifasini qo‘ygan edi.

Mavzuga oid