O‘zbekiston | 09:00 / 26.09.2023
2793
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Barcha imkoniyatlar uyingiz va ofisingiz qulayligi uchun Aquatherm Tashkent 2023 ko‘rgazmasida

Tadbir tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Aquatherm® Tashkent ko‘rgazmasi sanoatning yangi mahsulotlari bilan tanishish, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan muloqot qilish, biznes va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, foydali kelishuvlar tuzish, shuningdek, isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash (HVAC/R), santexnika, basseynlar uskunalari va sanoatining so‘nggi tendensiyalari va trendlaridan xabardor bo‘lish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

 

Ko‘rgazmaga beydjni https://bit.ly/ATT-Kun havolasi orqali olish mumkin.

Bu yil 10 mamlakatdan 150 dan ortiq eksponentlar o‘z ishtirokini tasdiqladilar: Belarus Respublikasi, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarboyjon, Polsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston.

Turkiya Havoni konditsionerlash sanoati eksportchilari uyushmasi (İSİB) tarkibida 17 ta eksport qiluvchi kompaniyalar mavjud bo‘lib, ular konditsionerlash tizimlari, ventilyatsiya tizimlari uchun sanoat uskunalari, elektr generatorlari, suvni tozalash kimyoviy moddalari va boshqa xizmatlarni taqdim etadi.

Rossiya Federatsiyasi Moskva va Chelyabinsk viloyatlarining jamoaviy stendlarida quvurlar, quvur armaturalari, po‘lat va jyez sharsimon kranlar, quvursimon elektr isitgichlar va boshqa mahsulotlarning keng assortimenti taqdim etiladi.

Isitish va suv ta’minoti tizimlari, suv nasoslari, suv ta’minoti, gaz ta’minoti, yog‘ ta’minoti, isitish va sovutish tizimlari uchun quvurlar, alyuminiy radiatorlar, sovutish moslamalari, freonlar, suv hisoblagichlari, kondensatorlar va ko‘plab boshqa mahsulotlarni namoyish etadigan Xitoy kompaniyalarining keng ishtirokini ta’kidlash joyizdir.

24 mahalliy kompaniya turli xil nasos uskunalari, mis quvurlar, issiq suv va bug‘ qozonlari, po‘lat quvursimon radiatorlar, iqlim hosil qilish tizimlari, santexnika va boshqalar bilan tanishtiradilar.

Aquatherm® Tashkent nafaqat soha mutaxassislari, balki aholi orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda, bu esa kundalik hayotda ham, ofisda ham eng qulay sharoitlarni yaratish istagi bilan bog‘liq.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish qizg‘in davom etmoqda. Bepul beydjni https://bit.ly/ATT-Kun havolasi orqali qo‘lga kiritish mumkin.

Tel. +(998 71) 205 14 14 Web: www.aquatherm-tashkent.uz

Mavzuga oid