O‘zbekiston | 10:46 / 26.09.2023
5916
2 daqiqa o‘qiladi

Metsenat.uz loyihasida 30 nafar talaba uchun 1 yillik grant e’lon qilindi

Ushbu ta’lim granti O‘zbekistondagi barcha davlat ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) talabalari uchun mo‘ljallangan.

Iqtidorli hamda ehtiyojmand talabalarga ta’lim granti va stipendiya ajratishga mo‘ljallangan Metsenat.uz loyihasida navbatdagi grant e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 30 nafar talabaning 1 yillik stipendiyasiz shartnoma puli to‘lab beriladi. Grant tashabbuskori «TAIBA FINANCE» MChJ bo‘ldi. 

Ta’lim grantining maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta’lim olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatishdan iborat. 

Tanlovda O‘zbekistondagi barcha davlat ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Grant bo‘yicha hujjatlar 31 oktyabrgacha qabul qilinadi. Jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali 30 nafar g‘olib aniqlanadi.

Onlayn arizani quyidagi havola orqali to‘ldirish mumkin: https://imkon.uz/metsenat/125

Ma’lumot uchun, Kun.uz nashri Metsenat.uz loyihasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi va saytda e’lon qilinayotgan barcha grant hamda stipendiyalarni targ‘ib qilishga ko‘maklashadi.

Shu o‘rinda korxona, tashkilot, kompaniyalar hamda saxovatpesha tadbirkorlarni ilm-fanga, ta’limga beminnat homiylik qilishga chorlab qolamiz.