Jamiyat | 15:52 / 26.09.2023
16097
2 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: talabalarga yotoqxona qulaymi yoki ijara? 

Yangi o‘quv yilining ham birinchi oyi yakuniga yetib qoldi. Har o‘quv yili boshida talabalarga bosh og‘rig‘i bo‘ladigan turar joy muammosi bu yil ham ularni chetlab o‘tmadi: kimdir ijara uylarga, kimdir yotoqxonaga joylashdi. Kun.uz muxbiri Samarqand shahridagi talabalar bilan ijara harajatlari, yotoqxona qulayliklari haqida suhbatlashib, ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.

Talabalar hayotida turar-joy masalasi muhim rol o‘ynaydi. Chunki talabaga ijarada turgandan ko‘ra, yotoqxonada turish arzonga tushadi. Qolaversa, yotoqxonaning qulayliklari ko‘proq.

Xo‘sh, Samarqandlik talabalar qayerda yashashmoqda? Ijarada turadigan talabalarga ijara xarajatlari qoplab berilayaptimi? Talabalarga shu kabi savollar bilan yuzlandik.

Talabalarning javoblari turli xil bo‘ldi. Ayrimlari oliygoh yotoqxonasida turishni, u yerdagi sharoitlar yaxshiligini aytgan bo‘lsa, boshqalari hamon yotoqxonaga joylasha olmayotganini, ularga talabalar turar-joyidan xona berilmayotganini so‘zlashdi.

Talabalarning ko‘pchiligi ijarada yashashini, ammo uning to‘lovi biroz qimmatlik qilayotganidan noroziligini bildirishdi.

Ijara pulimiz 350 ming so‘m. Lekin biz bilan shartnoma qilmagan. Sharoitlari ham yaxshi emas. Hozirda boshqa kvartira topishda qiynalyapman. Shu sababli, talabalarni tezroq yotoqxonalarga joylashtirishlarini so‘rab qolaman. Jizzax viloyatining chekka bir qishlog‘idan kelib o‘qiyapman. ”, deya fikrlarini bildirdi talabalardan biri.

Yana ba’zi talabalar esa shaharda va shaharga yaqin tumanlarda istiqomat qilgani bois oliygohga uyidan qatnayotganligini aytdi.  

So‘rovnoma davomida talabalar boshqa masalalarda ham muammolarga duch kelishayotganini ma’lum qilishdi. 

Umidxon Marupov, Kun.uz muxbiri.
Operator va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.

Mavzuga oid