Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlariga malaka toifasi berishda attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tizimi ishga tushirildi
Tibbiyot xodimlariga malaka toifasi berishda hujjat topshirish va attestatsiyadan o‘tkazishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi.
2023 yil 11 sentabrdan boshlab Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan malaka toifasi berish bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjatlarini faqat elektron shaklda tibtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilish boshlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi tizim asosida onlayn tartibdagi malaka toifasi berish bo‘yicha dastlabki attestatsiyalarni joriy yil 16 sentabrdan boshlab o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Og‘zaki imtihonlar (suhbat) onlayn shaklda maxsus dastur orqali Toshkent shahri va viloyati uchun Markaz binosida zarur qurilmalar bilan jihozlangan xonalarda, Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi mutaxassislar uchun muassasaning hududlardagi ana shunday xonalarida o‘tkazilmoqda.
Bunda imtihonlarning onlayn suhbat bosqichi uchun beriladigan bilet savollari “Random” (inson omili minimallashgan, kompyuter texnologiyasi yordamida tasodifiy savol tanlash) dasturi orqali tanlanadi.
Biletlar 5 ta savoldan iborat bo‘lib, ularga javob berish uchun ko‘pi bilan 15 daqiqa vaqt ajratiladi va 10 ballik tizimda baholanadi. Imtihon yakunida ushbu dastur umumiy ballarning o‘rtacha qiymatini hisoblab, o‘sha zahoti e’lon qiladi.
Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida onlayn translatsiya qilinadi.
Endilikda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi olishda hujjat topshirish hamda attestatsiyadan o‘tish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab poytaxtga kelishiga butunlay barham berildi.
Eng muhimi, endilikda nazariy bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy mahoratini muntazam oshirib borgan tibbiyot xodimlarigina malaka toifasini berish bo‘yicha imtihonlardan o‘ta oladi.
Bu esa tizimni yetuk va chuqur bilimga ega, xalqaro raqobatbardosh kadrlar bilan boyitish imkonini beradi. Zero, bu — aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
11:10 / 09.05.2025
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
19:13 / 07.05.2025
«Tibbiyot xodimlari sonida va sohani moliyalashtirishda muammo yo‘q. Lekin sifat bo‘yicha e’tirozlar juda ko‘p» - prezident
13:10 / 07.05.2025