O‘zbekiston | 07:35 / 27.09.2023
1559
1 daqiqa o‘qiladi

Islom dunyosi madaniyat vazirlari konferensiyasiga Qatar mezbonlik qiladi

Konferensiyaga tayyorgarlik doirasida Madaniy rivojlanish bo‘yicha maslahat kengashining maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA

Qatarda XXII  Islom dunyosi madaniyat vazirlari konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Madaniy rivojlanish bo‘yicha maslahat kengashining maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligining axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Islom dunyosida madaniyat poytaxtini e’lon qilish mexanizmini ishlab chiqish ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Dohada madaniy merosni himoya qilish va boshqa masalalar muhokama etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid