Ozarboyjon Qorabog‘dagi aksilterror tadbirlari chog‘ida halok bo‘lganlar sonini e’lon qildi
Ikki kunlik janglarda Ozarboyjon armiyasining 200 ga yaqin harbiysi halok bo‘lib, 500 dan ortiq harbiysi yaralangan.

Foto: Anadolu Agency
19-20 sentabr kunlari Qorabog‘da o‘tkazilgan «mahalliy xarakterdagi aksilterror tadbirlari» davomida Ozarboyjon qurolli kuchlarining 192 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
Ozarboyjon Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, qurbonlardan 180 nafari mudofaa vazirligi, 12 nafari esa ichki ishlar vazirligi harbiy xizmatchilaridir. Shuningdek, tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgani aytilgan.
11 kishining shaxsi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan sud-genetik ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.
Harbiy harakatlar vaqtida yana 511 nafar harbiy va bir oddiy fuqaro jarohatlangan.
- 19 sentabr kuni Ozarboyjon Qorabog‘da «konstitutsion rejimni tiklash» maqsadida «mahalliy xarakterdagi aksilterror tadbirlar» boshlanganini e’lon qilgan va tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshlagandi. 20 sentabr kun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi — uning shartlaridan biri Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarini tan olinmagan respublika hududidan olib ketish edi.
- RF mudofaa vazirligi 20 sentabr kuni Qorabog‘da rossiyalik tinchlikparvar kuchlar halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Qurbonlar orasida tinchlikparvar kuchlar kontingenti qo‘mondoni o‘rinbosari Ivan Kovgan ham bor edi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot chog‘ida bu holat uchun uzr so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025