Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastex Uzbekistan 2023 plastmassa va polimerlar sanoatining yangiliklarini namoyish etadi
«Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2023» 13-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 2023 yil 4-6 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK 3- va 4-pavilonlari, Atrium 2 zalida taqdim etadi.

Tadbir tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Plastmassalar sohasidagi ishlanmalar va tadqiqotlar natijalari, mahsulot va uskunalarning eng yangi turlari, ishlab chiqarish va qayta ishlashning yangi texnologiyalari, shuningdek polimerlar bozorining so‘nggi rivojlanish tendensiyalari Plastex Uzbekistan 2023 ko‘rgazmasining diqqat markazida bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘rgazmada plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun butun texnologik zanjir - asbob-uskunalar va xomashyolardan tortib to tayyor materiallargacha namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaga beydjni https://bit.ly/Plast_Kun havolasi orqali olish mumkin.
Joriy yilda ko‘rgazmada 7 mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi: Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, Eron, O‘zbekiston, Hindiston.
Moskva va Yaroslavl viloyatlari kompaniyalarining jamoaviy stendlarida preformalar quyish uchun termoplastavtomatlar, idishlar va qadoqlash materiallari, polimerlar, yo‘l qurilishi uchun qo‘shimchalar, plastik quvurlar, plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun granulalar va ko‘plab boshqa mahsulotlar taqdim etiladi.

Xitoylik kompaniyalarning (163 ta kompaniya) keng ishtiroki tasdiqlandi, ularning stendlarida turli xil uskunalar - bosim ostida plastmassa quyish mashinasi, sellyuloza va qog‘oz uskunalari, plastmassalarni termoformlash, lazerli markalash mashinasi, tualet qog‘ozi va salfetka ishlab chiqarish va qadoqlash mashinalari va qog‘oz sanoati uchun xomashyo, naqsh solish uchun zarqog‘oz, polietilen va boshqalar bilan tanishish mumkin.
Ko‘rgazmaning ixtisoslashgan bo‘limi, «Qadoqlash va qog‘oz. Uskunalar va materiallar - O'ZBEKinPRINT & PAPER 2023», qadoqlash sanoatidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi.

Ko‘p yillar mobaynida ko‘rgazma qurilish, qadoqlash, qayta ishlash sanoatining istiqbolli segmentlari mutaxassislarining e’tiborini tortmoqda, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarni O‘zbekistonning yangi va jadal rivojlanayotgan bozoriga kirishiga yordam berdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochiq. https://bit.ly/Plast_Kun havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Tel. + (998 71) 205 14 14 Web: www.plastex.uz
Reklama huquqi asosida