O‘zbekiston | 13:01 / 27.09.2023
9480
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bosh shtab boshliqlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiya doirasida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, humanitar yordam va mintaqaviy barqarorlik kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, unda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Pokiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida harbiy delegatsiyalar vakillari «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasidagi «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yib, «Shon-sharaf» muzeyini ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng, «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyida o‘z davlat bayroqlari oldida suratga tushdi.

Konferensiyani O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Konferensiya doirasida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, humanitar yordam va mintaqaviy barqarorlik kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

15-1-scaled.jpg
16-1-scaled.jpg
18-scaled.jpg
24-696x421.jpg
23-scaled.jpg
21-scaled.jpg

Mavzuga oid