Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan suv havzalari E-auksion orqali ijaraga beriladi
Davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun ijaraga taqdim etiladi.
Joriy yilning 1 oktyabridan tadbirkorlarga E-auksion elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali suv havzalari ijaraga beriladi.
Bunda, davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun ijaraga taqdim etiladi.
Shuningdek, tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun beriladi.
Mavzuga oid
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
18:16 / 26.03.2025