Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya konstitutsiyaga yadroviy kuchlarni kuchaytirish siyosatini kiritdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In buni tarixiy voqea deb atadi va yadroviy qurolni jadal modernizatsiya qilishga chaqirdi.
Shimoliy Koreya hukumati KXDR 14-Oliy xalq assambleyasining to‘qqizinchi sessiyasida mamlakat konstitutsiyasida yadroviy kuchlarni kuchaytirish siyosatini rasman mustahkamlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Reuters 28 sentabr, payshanba kuni Shimoliy Koreya davlat OAVga tayanib.
Konstitutsiyaning moddalaridan biriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA) ushbu tuzatishni «kun tartibidagi asosiy masala» deb atadi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ushbu tuzatishlarni «tarixiy voqea» deb atadi. «Davlatimiz yadro siyosatini oliy qonun bilan ta’minlashga qaratilgan zarur tarixiy-siyosiy vazifa a’lo darajada bajarildi», – dedi u.
Kim Chen In, shuningdek, «strategik tiyib turishda ma’lum ustunlikni saqlab qolish uchun yadroviy qurolni modernizatsiya qilishni tezlashtirish»ga chaqirdi. Bundan tashqari, Kim Chen In o‘z nutqida KXDRni «AQSh va G‘arb gegemonligi strategiyasiga qarshi bo‘lgan davlatlar bilan birdamlikni mustahkamlashda davom etishga» chaqirdi hamda AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlikni qoralab, uni «NATOning Osiyo versiyasi» deb atadi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025