Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tan olinmagan «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» 1 yanvardan tugatiladi
«Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi»ni tugatish haqidagi farmonni hudud rahbari Samvel Shahramanyan imzolagan. Hujjat 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» (Arsax) 2024 yil 1 yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqdagi farmonni 28 sentabr, payshanba kuni uning «prezidenti» Samvel Shahramanyan imzolagan. «2024 yil 1 yanvarga qadar idoraviy bo‘ysunuvdagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (Arsax) o‘z faoliyatini to‘xtatadi», — deyiladi hujjatda.
«Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» tarixi
«Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» 1991 yil 2 sentabrda Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati va Ozarboyjon SSRga tutash hududlarning bir qismi chegaralarida e’lon qilingan. Uni BMTga a’zo birorta davlat tan olmagan. Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ uning ajralmas qismi ekanini ta’kidlagan, Armaniston esa o‘z navbatida «TQR»ni qo‘llab-quvvatlagan. Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 1991 yildan beri to‘xtamayapti, bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar va keng ko‘lamli harbiy harakatlarga aylanib ketgan (1992-1994 va 2020 yilda).
19 sentabr kuni Ozarboyjon konstitutsiyaviy tuzumni tiklash maqsadida Tog‘li Qorabog‘da «mahalliy aksilterror tadbirlari» o‘tkazilishini e’lon qildi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi - uning shartlaridan biri Tog‘li Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarini tan olinmagan respublikadan olib chiqib ketish.
Qorabog‘ armanlari va Ozarboyjon hukumati vakillari «reintegratsiya, Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish» uchun bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, biroq kelishuvga erisha olmadi. 65 mingdan ortiq arman Tog‘li Qorabog‘ni tark etdi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025