O‘zbekiston tarvuz eksport qiluvchi 10 ta eng yirik davlat qatoriga kirishi kutilyapti
O‘zbekistondan yangi tarvuz eksportining oshishi bozorning kengayishi hisobiga emas, balki an’anaviy tashqi bozorlarda talabning ortishi bilan bog‘liq.
AGF.nl saytida «O‘zbekiston ilk bor 100 ming tonna tarvuz eksporti chegarasidan oshdi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«2022 yilda O‘zbekiston 81,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan. Joriy yilda mamlakat bu rekordni ortda qoldirib, may-avgust oylarida qariyb 96 ming tonna tarvuzni xorijiy bozorlarga sotishga erishdi, - deyiladi nashrda. - Joriy sentabr oyi oxiriga qadar O‘zbekiston birinchi marta 100 ming tonnalik tarixiy chegaradan oshib ketishi mumkin. Ushbu natija bilan O‘zbekiston dunyoning 10 ta yirik tarvuz eksportchilari qatoriga kiradi».
AGF.nl portali 2022 yilda O‘zbekiston tarvuzi 9 davlat bozoriga eksport qilinganini qayd etgan. Jami eksportning 99,6 foizi 6 ta davlat: Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va Latviyaga to‘g‘ri keldi.
«2023 yilning may-avgust oylarida o‘zbek tarvuzlarini import qiluvchilar soni 13 ta davlatga oshganiga qaramay, jami eksportning 99,5 foizi o‘tgan yili O‘zbekistonda yetishtirilgan tarvuzning asosiy xaridori bo‘lgan 6 ta davlat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekistondan yangi tarvuz eksportining oshishi bozorning kengayishi hisobiga emas, balki an’anaviy tashqi bozorlarda talabning ortishi bilan bog‘liq», - deb yozgan AGF.nl.
Mavzuga oid
09:40
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024