«Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarni xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
28 sentabr kuni AOKA binosida Madaniy meros agentligi mas’ullari ishtirokida O‘zbekistonning arxeologik merosi muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida Kun.uz muxbiri tomonidan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kirgan «Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarining xususiylashtirilishi bo‘yicha savol bilan murojaat qilindi.
— Bir muddat avval davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan poytaxtdagi «Sharq» nashriyoti va O‘zbekiston milliy axborot agentligi boshqa binoga ko‘chirilib, ular joylashgan bino sotilishi borasida xabar e’lon qilingan edi. Bunga javoban Madaniy meros agentligi bu binolar madaniy meros obekti hisoblanishi va uni sotish mumkin emasligi haqida bayonot bilan chiqdi. Ammo keyinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi u yerdagi to‘liq hudud madaniy merosga kirmaydi, hududlarni kelishib olishimiz kerak, deya yana munosabat bildirdi.
Mana shunday bayonotlar ortidan katta muammo ham ko‘rinib qolmoqdaki, O‘zbekistonda madaniy meros obektlarining reyestri yo‘qmi va yoki bo‘lsa, u nega ishlamayapti? Nega bu reyestrdan davlatning barcha organlari xabardor emas?
Tursunali Qo‘ziyev, Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:
— Ha, siz aytgan jarayonlar haqida xabar topmagan vatandoshlarimiz deyarli qolmadi. Hozirda ikki agentlik masalani aniqlashtirib boryapti. Aniq reyestri yo‘qmi, deyapsiz. Oldin bunday kamchiliklar bo‘lgan rostan ham. Bitta obekt ikkita bo‘lib ro‘yxatga olingan holatlar ham bor. Oldingi bo‘lgan kamchiliklarni qo‘yib turaylik. Hozir aniqlash bo‘yicha ishlar ketyapti, butun dunyoda madaniy meros obektlari atrofida bo‘ladigan bahsli holatlarning bir ko‘rinishi bu ham. Asosiy e’tiborni aybdor izlashga emas, o‘sha obektlarni saqlab qilishga qaratishimiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun oxirgi bahslarda ikki tomon ham Toshkent shahrining tashqi qiyofasini saqlab qolish bo‘yicha kelishuv qilmoqda.
Mavzuga oid
20:46 / 27.12.2023
«Qadriyat» elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi
12:32 / 29.09.2023
“Ogohlantiruvchi taxtachalarimizni olib ketib qolishmoqda” - Qadimiy tepaliklarni saqlashdagi muammolar ma’lum qilindi
13:39 / 22.09.2023
“Madaniy meros obektlari xususiylashtirilishi mumkin emas” - Madaniy meros agentligi
08:13 / 25.08.2023