Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Germaniyada Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 sentabr kuni Berlin shahridagi birinchi «Markaziy Osiyo - Germaniya» sammiti doirasida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishbilarmonlik sohasidagi sheriklikni kengaytirish, iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika va boshqa sohalarda kooperatsiyani chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston rahbarining joriy yil may oyidagi Berlinga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi.
Davlat rahbari qo‘shma iqtisodiy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish, muqobil energetikani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va suv resurslari boshqaruvini raqamlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, moliyaviy vositalarni kengaytirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, migratsiya va ko‘chuvchanlik sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, fan va ta’lim sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Olaf Sholsni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif etdi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025