O‘zbekiston | 07:36 / 29.09.2023
6011
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qalbaki dollarlar muomalaga kiritilishining oldi olindi

O‘rta Chirchiqda fuqaro qalbaki 10 000 dollarni 85 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Departament xabariga ko‘ra, unda fuqaro I.O. fuqaro M.N.ga qalbaki 10 000 AQSh dollarini 85 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 27 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid