Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuproq agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Sug‘oriladigan yerlar uchun har 5 yilda hamda davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xo‘jaliklari uchun har 3 yilda tuproq agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini buzish – mansabdor shaxslarga BXM 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
“Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qator qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ular:
108-1-modda. Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini buzish bilan to‘ldirilmoqda:
“Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun har besh yilda hamda davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xo‘jaliklari uchun har uch yilda tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini buzish –mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.”
Shuningdek, 268-5-modda uchinchi qismiga ushbu qo‘shimchalardan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar taklif etilmoqda.
Amaldagi bir qator qonun hujjatlariga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilgani munosabati bilan bog‘liq tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024