Jahon | 13:20 / 30.09.2023
5060
2 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF: yozda Markaziy O‘rta Yer dengizi yo‘nalishida kamida 990 kishi halok bo‘ldi

Markaziy O‘rta Yer dengizi eng xavfli migratsiya yo‘llaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Foto: Reuters

Joriy yozda Markaziy O‘rta Yer dengizidagi migratsiya yo‘lida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolganlar soni uch barobarga oshdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) xabarida aytiladi. 

Tashkilotning ta’kidlashicha, Markaziy O‘rta Yer dengizi eng xavfli migratsiya yo‘llaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Yil boshidan beri Markaziy O‘rta Yer dengizi orqali Italiyaga ota-onasi yoki qarindoshlarisiz o‘tgan bolalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60 foizga oshib, 1600 nafarga yetdi. 

Bundan tashqari, joriy yilning iyun-avgust oylarida ushbu migratsiya yo‘lida kamida 990 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. O‘tgan yilning shu davrida ushbu yo‘nalish bo‘ylab 334 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lganligi qayd etilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda bir qator hodisalar hujjatlashtirilmagani uchun keltirilgan raqamlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid