O‘zbekiston | 08:06 / 01.10.2023
13034
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Matiz yonib ketdi

Hodisaga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

30 sentabr kuni Andijon shahrida Matiz avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 30 sentabr kuni soat 16:00 larda Andijon shahri, A.Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. boshqaruvidagi Matiz elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida to‘xtab turgan joyida yonib ketgan.

Oqibatda Matiz’ning old qismi to‘liq yonib ketgan, tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Mavzuga oid