Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Dohaga bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga yetib bordi.
Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarini Qatar bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Davlat tashrifi dasturiga muvofiq, ertaga oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, yetakchilar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Prezident Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025