Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KIP Anqaradagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Yakshanba kuni ertalab Anqaradagi parlament binosi yonida ikki kishi portlash uyushtirdi. Biri politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan, ikkinchisi o‘z joniga qasd qilgan.
Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan rasman terrorchi tashkilot deb topilgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) Anqaradagi Turkiya parlamenti va Ichki ishlar vazirligi yaqinidagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 1 oktyabr, yakshanba kuni KIP portlash o‘ziga qarashli «O‘lmas batalon» guruhi tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qildi. U 2016 yilda Istanbuldagi teraktlar uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Turkiya hukumati Anqaradagi Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinidagi portlashni terakt deb atadi
Turkiya poytaxti Anqara markazida 1 oktyabr kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat parlamenti yaqinida joylashgan mamlakat Ichki ishlar vazirligi binosiga uyushtirilgan hujumni IIV Bosh qo‘riqlash boshqarmasining kirish eshigi tomon mashinada borgan ikki kishi amalga oshirgan.
Ulardan biri xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan, ikkinchisi o‘z joniga qasd qilgan, deb xabar qildi IIV. Hujum chog‘ida ikki politsiyachi yaralangan, deya qo‘shimcha qildi mahkama. Hujum Turkiya parlamentining prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan ochilgan majlisi boshlanishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
20:48 / 25.12.2024