Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikdan avtobus va yuk mashinalarining o‘tishi vaqtincha cheklandi
Mazkur yo‘l orqali qatnaydigan avtobus yo‘nalishlarining harakati yangicha tartibda tashkil etiladi.
2023 yilning 1 oktyabr kunidan boshlab, Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklandi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, mazkur ko‘chalar orqali qatnaydigan avtobus yo‘nalishlarining harakati yangicha tartibda tashkil etiladi.
Bunda:
67-, 76-, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasaroy TIIB bekatida qisqartiriladi;
11-, 40-, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
61-, 106-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati «Aeroport-2» bekatida qisqartiriladi;
47-, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Mavzuga oid
12:10 / 10.10.2024
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:59 / 03.10.2024
Piskentda ko‘prik qulashi: Yuk mashinasi 98 tonna ortiqcha yuk bilan harakatlangan
22:42 / 02.10.2024