Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi kameralar harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi
Xavfszlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHM 50 foizi (bugungi kunda 165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Endi Respublika bo‘ylab qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham aniqlaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «Yo‘l harakati qoidalari»ning 9-bandiga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarini taqib olishi, 10-bandiga ko‘ra, yo‘lovchilarni xavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishi, shu bilan birga, qoidalarning 23-bandida yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishi shartligi ko‘rsatilgan.
«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHM 50 foizi (bugungi kunda 165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi, deb ogohlantirdi YHXX.
Mavzuga oid
20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
21:18 / 14.05.2025
4 oyda 8 445 ta mast holda mashina boshqarish holati aniqlandi – YHXX
15:55 / 13.05.2025
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
13:39 / 26.02.2025