Sport | 09:46 / 03.10.2023
10224
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari, eshkak eshish. Ayollar juftlik va kvartetda ham 2 ta medal qo‘lga kiritishdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslaridagi so‘nggi final O‘zbekistonga bronza medallari keltirdi.

Foto: MOQ

Baydarkada 500 metr masofada Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina va Yuliya Bozorova kvarteti marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Kanoeda esa 200 metrga masofada Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Velosport va eshkakchilar jamoasining muvaffaqiyatlaridan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 5-o‘ringa ko‘tarilgan, Hindiston faqat kumush medallar soni ko‘pligi evaziga oldinda joylashgan.

 

O‘zbekiston vakillari kun davomida ham medallar uchun kurashishadi.

Mavzuga oid