Sport | 08:42 / 03.10.2023
18942
1 daqiqa o‘qiladi
Osiyo o‘yinlari. Shohmurod Xolmurodov va Nurislom To‘xtasin o‘g‘li 13-oltin medalni keltirishdi
Osiyo o‘yinlarida 3 oktyabr kungi bellashuvlar O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Kanoeda 1000 metrga eshkak eshishda Shohmurod Xolmurodov va Nurislom To‘xtasin o‘g‘li marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va delegatsiya hisobiga 13-oltin medalni taqdim etishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq veloshosseda Olga Zabelinskaya ham zafar quchgandi.