O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Memorandumda tomonlar kiberxavfsizlik sohasida axborot va tajriba almashish orqali hamkorlik qilish niyatini bildirdi.
O‘zbekiston «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasi va Turkmanistonning Kiberxavfsizlik davlat xizmati o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Toshkentda ochilgan birinchi Cyber Security Central Eurasia 2023 konferensiyasida imzolandi.
Memorandumda tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish niyatini bildirdi:
- kiberxavfsizlik sohasida axborot va tajriba almashish;
- kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikda tadqiqot va ishlanmalar olib borish;
- kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislarni tayyorlash;
- kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlik.
O‘zaro anglashuv memorandumining imzolanishi O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam ekani aytilmoqda. Hujjat ikki davlatning axborot-kommunikatsiya tizimlari va infratuzilmasi xavfsizligini mustahkamlashga yordam berishi ko‘zda tutilgan.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni namoyish etish, yangi ishbilarmonlik hamkorligi uchun imkoniyatlarni ochish uchun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat ekani qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
18:36 / 14.09.2024
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
20:49 / 02.09.2024