Avstriya hukumati O‘zbekistonda yangi korxonalarni ishga tushirish uchun pul ajratishi mumkin
Avstriyalik hamkorlar O‘zbekistonda yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mamlakatdagi yengil sanoat korxonalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga qiziqish bildirdi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Avstriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan «Barqaror ishlab chiqarishni tezlashtirish yechimlari» mavzusidagi 4-Global ishlab chiqarish konferensiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari konferensiya doirasida xorijiy hamkorlar, jumladan, Avstriya Iqtisodiy palatasi, Advantage Austria kompaniyasi, Avstriya Taraqqiyot banki va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Avstriyalik hamkorlar O‘zbekistonda yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mamlakatdagi yengil sanoat korxonalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga qiziqish bildirdi. O‘zbekistonda yangi korxonalarni ishga tushirish va mavjud quvvatlarni kengaytirish uchun Avstriya hukumatidan imtiyozli kreditlar ajratish masalalari muhokama qilindi.
BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti texnik hamkorlik departamenti direktori Marko Kamiya bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘qimachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
18:55 / 23.11.2024
Avstriyada santexnik 30 kiloli tilla tangalar topib oldi
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
09:01 / 16.11.2024