Gurjiston KS prezidentga impichment bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti
Konstitutsiyaviy sudning prezident impichmenti bo‘yicha yig‘ilishi bugun davom etadi.
Gurjiston Konstitutsiyaviy sudi 3 oktyabr kungi yig‘ilishida prezident Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilmadi.
Konstitutsiyaviy sud taqdimnomani 4 oktyabr, chorshanba kuni ko‘rib chiqishda davom etadi.
Sud majlisi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00) boshlanishi rejalashtirilgandi.
Kecha olti soat davom etgan yig‘ilishda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi rahbari Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi.
Salome Zurabishvilining o‘zi sud majlisida ishtirok etmadi.
Sentyabr oyi boshida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi vazirlar mahkamasi rad javobiga qaramay, Yevropaga amalga oshirilgan safari tufayli prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlagan edi.
Mavzuga oid
14:10 / 17.09.2024
AQSh Gurjistonda «demokratiyaga putur yetkazilgani» uchun sanksiyalar kiritdi
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
12:44 / 09.08.2024
Gurjistonda «besh kunlik urush» qurbonlari yodga olindi
07:59 / 07.08.2024