Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini muvofiqlashtiradi – prezident topshirig‘i
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 oktyabr kuni professional ta’lim sifatini oshirish hamda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
Kasbga o‘qitish sifatini oshirish maqsadida tegishli vazirliklar tomonidan yangi takliflar ishlab chiqilgan. Taqdimotda mutasaddilar shu borada atroflicha axborot berdi.
Mazkur takliflarda xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etish, bitiruvchilar malakasining ichki va tashqi bozorda tan olinishini ta’minlash, o‘quvchilarni kollej va texnikumlarga kengroq jalb etish, kasb-hunarga o‘rgatuvchi monomarkazlarda kasbga o‘qitish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Davlat rahbari ushbu takliflarni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi. Aholi bandligi eng muhim masala ekani, yoshlarga kasb-hunarlarni tumanlar ixtisoslashuvidan hamda korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rgatish kerakligi ta’kidlandi.
Kasblar va professional ta’lim klassifikatorlarini bosqichma-bosqich yangilab, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, professional ta’lim muassasalarini maktab va oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy bog‘lash muhimligi aytildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtirishi belgilandi.

Kelgusi o‘quv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Ularning bitiruvchilari xalqaro malaka va xorijiy til sertifikatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilg‘or kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash mezonlari tatbiq etiladi. Monomarkazlarda kasblar ish beruvchilarning buyurtmasi asosida o‘qitiladi, bu bitiruvchilarning ishga joylashishida muhim omil bo‘ladi.
Shuningdek, yig‘ilishda mutasaddilarga professional ta’lim tizimini rivojlantirishning yilma-yil dasturini ishlab chiqish vazifasi berildi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025