Jahon | 09:01 / 05.10.2023
10699
2 daqiqa o‘qiladi

Checheniston politsiyasi Qodirovning o‘g‘liga nisbatan ish ochishdan bosh tortdi

Checheniston Ichki ishlar vazirligi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘liga nisbatan qo‘lga olingan shaxsni kaltaklagani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortishini Adamning jinoiy javobgarlik yoshi – 16 ga to‘lmagani bilan izohladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Checheniston Ichki ishlar vazirligi tergov izolyatorida qo‘lga olingan shaxs Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam tomonidan kaltaklangani yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Mahkama jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi, chunki Checheniston rahbarining o‘g‘li 15 yoshda va bunday jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikning eng kam yoshi 16 da, deb xabar berdi Baza Telegram-kanali 4 oktyabr, chorshanba kuni. 

Tekshiruv Grozniy shahrining Ahmat tumani 1-sonli politsiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan va jarayon Checheniston prokuraturasi nazorati ostida bo‘lgan, deya qayd etadi Baza. 

Qur’onni yoqib yuborgani uchun qo‘lga olingan shaxsning kaltaklanishi 

Avgust oyi o‘rtalarida Volgogradda Qur’onni yoqib yuborishda ayblanib qo‘lga olingan (tergov «u «Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘ini bajargan» deb iddao qilmoqda) va Chechenistonga jo‘natilgan Nikita Juravel Checheniston tergov izolyatorida Ramzan Qodirovning o‘g‘li - 15 yoshli Adam tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 sentabr kuni Ramzan Qodirovning Telegram-kanalida Juravelning kaltaklangani aks etgan video e’lon qilingan. Checheniston rahbari videoga bergan izohida Adamning harakatidan faxrlanishini yozgan. 

Mavzuga oid