Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy IESda 650 MW quvvatli yangi bug‘-gaz qurilmasi quriladi
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ hamda Yaponiyaning “Mitsubishi Power Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida ushbu energoqurilmani qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Qurilma “Navoiy IESda quvvati 650 MW bo‘lgan uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida bunyod etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shartnoma shartlariga ko‘ra, “Mitsubishi Power Ltd.” kompaniyasi tomonidan Karmana tumanida joylashgan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda quvvati 650 MW bo‘lgan zamonaviy va energosamarador bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari olib boriladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2023 – 2026 yillar etib belgilangan.
Investitsiya loyihasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha ishga tushgach respublika energetika tizimida yiliga 4,8 mlrd kWh qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Energosamarador qurilmalar joriy etilishi pirovardida yiliga 1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi hamda 347 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025