Agrobankning “Suvchilar maktabi” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda
29 sentabr kuni Agrobank tomonidan tashkil etilgan press-turda yangi “Suvchilar maktabi” loyihasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Yil yakuniga qadar respublikaning 13 ta hududida ushbu maktab o‘quv binolari va ilg‘or suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan tajriba maydonlari tashkil etiladi.
Xabaringiz bor, davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” loyihasiga joriy yilning 29 may kuni Agrobank, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida start berilgandi.
O‘tgan davr mobaynida mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi va bugungi kunda ham amalga oshirilmoqda.
Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad - suvdan foydalanuvchilar (xususan dehqon va fermerlarni) suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va shu orqali yuqori hosildorlikka erishish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish hisoblanadi.
Loyihani amalga oshirishda, jumladan, maktab konsepsiyasini ishlab chiqishda Turkiya, Ispaniya, Xitoy davlatlari tajribalari o‘rganildi, shuningdek, fermerlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ishlab chiqilgan maxsus “handbook”da sohadagi asosiy nazariy bilimlar, shuningdek xorij tajribasi yoritib berildi va amaliy darslar bilan uyg‘unlashtirildi.
“Suvchilar maktabi”ning 1-bosqichiga hozirga qadar 154 ta tumanda jami 60 330 nafar fermer va suvchi jalb qilinib malakalari oshirildi. Loyihaga jami 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari jalb qilindi, ular orasida xorijlik mutaxassislar ham faoliyat yuritmoqda.
2024-2030 yillarda 2-bosqichda 60 mingga yaqin (har yili 8500 nafar) fermer xo‘jaliklarini sertifikatlash bo‘yicha 1 haftalik o‘quv kurslari tashkil etiladi. Joriy yil yakuniga qadar Respublikaning 13 ta hududida “Suvchilar maktabi” o‘quv binolari hamda xususiy sheriklar bilan hamkorlikda ilg‘or suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan tajriba maydonlari tashkil etiladi.
O‘quv dasturlarni xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, shuningdek, o‘quv dasturlarini xorijiy davlatlar tajribalar asosida ishlab chiqish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha video darsliklar tayyorlanib, platforma orqali onlayn kurslar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Bank tomonidan suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha ajratiladigan moliyalashtirish 2024 yildan boshlab maxsus platforma orqali onlayn masofadan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jalb qilingan professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarda malakalari oshirib boriladi.
Mavzuga oid
19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi
15:05 / 29.04.2024
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
16:39 / 07.12.2023
Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi
18:50 / 02.06.2023