Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovoni yo‘lining 100 km qismida intellektual transport tizimi joriy qilinadi
Tizim avtomobillar harakati vaqtida ularning vaznini o‘lchash imkonini beradi.
2025 yilda A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 100 km qismida pilot tariqasida intellektual transport tizimi joriy qilinadi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabar berdi.
Intellektual transport tizimi avtomobillar harakati vaqtida ularning vaznini o‘lchash imkonini beradi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida xalqaro ahamiyatga molik 87 km uzunlikdagi 4 ta yo‘lakli, sement-beton qoplamali avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, 110 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari kapital ta’mirlanadi.
Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida 2 ta katta loyihani amalga oshirish belgilangan. Bular, Toshkent – Andijon va Toshkent – Samarqand pullik avtomobil yo‘llari hisoblanadi.
Qayd qilinishicha, 2023 yilda ushbu loyihalar uchun 175 mln dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
22:04 / 13.05.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatiladi
16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi
17:16 / 04.03.2025