Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda tanishlari orqali 400 dollarga «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatida pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda D.T. ismli shaxs fuqaro A.S.ga go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari orqali hech qanday o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan B, C toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 400 dollar va 400 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.P.» MChJ avtomaktabi instruktori O.X. fuqaro Sh.U.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14:57 / 08.05.2025