O‘zbekiston | 18:20 / 08.10.2023
10827
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent» aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi

Bu joyda oxirgi marta ta’mirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan.

Foto: Uzbekistan Airports

«Toshkent» aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash ishlari boshlangani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Toshkent aeroportining ayerodrom majmuasini ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, B1-B5 va B11-B17 samolyot turar joylarini, shuningdek, RD-B yurish yo‘lini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Kapital ta’mirlash doirasida sun’iy qoplama mustahkamlanadi.

«Bu joyda oxirgi marta ta’mirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq bo‘lganligi sababli ta’mirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan», — deya izoh berildi Uzbekistan Airports kompaniyasining parvozlarga aerodromda texnik ta’minot ko‘rsatish bo‘limida.

Ta’mirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

Mavzuga oid