Iqtisodiyot | 23:41 / 09.10.2023
22006
2 daqiqa o‘qiladi

Hisob palatasida «Masofaviy nazorat» markazi tashkil etildi

Uning asosiy vazifasi Hisob palatasi faoliyatining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishini oldini olish va muntazam profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iborat. 

28 ta davlat organi va tashkilotining 115 ta turdagi ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yildi va yagona «Masofaviy nazorat» markazi tashkil etildi. Bu haqda Hisob palatasi xabar berdi. 

Markazni tashkil etishda qator vazirlik va idoralarning auditlari takliflari ham inobatga olingani, kiberxavfsizlik talablari asosida zamonaviy serverlar, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangani aytilmoqda. 

Qayd qlinishicha, uning asosiy vazifasi Hisob palatasi faoliyatining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishini oldini olish va muntazam profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iborat. 

Markazning faoliyati 3 ta yo‘nalishda amalga oshiriladi: 

1. Hisob palatasining ichki faoliyat nazorati (KPI reyting tizimi va boshqalar);

2. Davlat moliyaviy nazorati organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari samaradorligi tizimi (2022 yildan boshlab «Davlat auditi» dasturiy kompleksi ishga tushirildi);

3. Tashqi va ichki manbalar, hamda risklarni aniqlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilib, takomillashtirilmoqda (Masofaviy audit).

Mavzuga oid