Lavrov: MDH tashqi ishlar vazirlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi muzokaralar tarafdori
Barcha bu mojaroni zudlik bilan to‘xtatish, xalqaro humanitar qonunlarga rioya qilish, terrorchilik harakatlari va pala-partish kuch ishlatishning oldini olish zarurligi haqida yakdil fikrda, dedi Rossiya TIV rahbari.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashqi ishlar vazirlari Isroil va Falastin o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish va o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Bishkekdagi MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Bugun biz ushbu mavzuga to‘xtalib o‘tdik, sammit oldidan uning rasmiy ko‘rinishi bo‘yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish mumkinmi yoki yo‘qligini ko‘ramiz. Ammo hamma bir fikrga ega, bugun biz tor yig‘ilishda bu to‘qnashuvni zudlik bilan to‘xtatish, xalqaro humanitar huquq normalariga rioya qilish, terrorchilik harakatlari hamda pala-partish kuch ishlatishning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida gapirdik, har ikki tomondan tinch aholi azob chekmoqda», dedi Lavrov.
Rossiya vaziri Isroil-Falastin mojarosida «muammo mohiyatiga» e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
«Umid qilamizki, bu mojaro tugagach, biz bu zudlik bilan amalga oshishi tarafdorimiz, hamma BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlangan tamoyillar asosida Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarni amalga oshirish mas’uliyatini jiddiy qabul qiladi», - deya ta’kidladi Lavrov.
Bundan tashqari, Lavrov Armanistonda Rossiyaga qarshi kayfiyat kuchayganiga e’tibor qaratdi.
«Rossiyaga qarshi kayfiyatga kelsak, bu sun’iy ravishda qilinmoqda. Biz Armanistonda so‘nggi yillarda qancha nodavlat tashkilotlar tashkil etilgani haqida bilamiz, ular ilgari ham ko‘p bo‘lgan. Ushbu tashkilotlar Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmaydi, aksincha. Ular Rossiyaga qarshi kayfiyat uchun zamin yaratish, Armaniston orqali, birinchi navbatda, AQSh va Yevropa Ittifoqi hamda NATO davlatlarining mintaqadagi manfaatlarni ilgari surishga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan. Biz bu urinishlarni ko‘ryapmiz», — dedi Lavrov.
Shu bilan birga, Lavrov «Rossiya arman xalqining mutlaq ko‘pchiligi Rossiya Federatsiyasi bilan an’anaviy, tarixiy birodarlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanini» ta’kidladi.
«E’tiboringizni bir necha kun oldin (Armaniston bosh vaziri Nikol) Pashinyan intervyu bergani va unda Armaniston o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmayotganini aniq aytganiga qaratmoqchiman. Umid qilamizki, bu pozitsiya uni boshqa yo‘nalishga tortib olishga urinishlarga qaramay, g‘alaba qozonadi», — deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
Lavrov Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
11:11 / 20.11.2024
Lavrov: RF hududiga ATACMS zarbasi - eskalatsiya haqida signal
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
15:30 / 04.11.2024