Xususiy «zapravka»larda 9 mln 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi
Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
2023 yilning o‘tgan 9 oyida ayrim xususiy «zapravka»larda 9 mln 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlanib, ularning iste’molga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan. 179 mln 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 mln 150 ming litri sifatsizligi bois iste’molga chiqarilmagan.
Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Mavzuga oid

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor

22:01 / 05.05.2025
Saudiya Arabistoni iyun oyida Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshiradi

11:01 / 15.04.2025